20:08 / 14.12.2025
12 387
APLda mavsumning eng tezkor goli bo'yicha rekord yangilandi

Angliya Premyer-ligasida mavsumning eng tezkor goli bo'yicha rekordlar ketma-ket yangilanmoqda. Noyabr oxirida «Manchester Siti»ning hujumkor yarim himoyachisi Fil Foden «Lids» darvozasini 59-soniyada ishg'ol etib, o'sha paytda mavsumdagi eng tez gol muallifiga aylangandi.
Biroq oradan ko'p o'tmay, shu kuni «Nyukasl» futbolchisi Malik Tiav «Everton»ga qarshi uchrashuvning 52-soniyasida gol urib, natijani yangiladi. Shanba kuni, 13-dekabrda navbatdagi rekord qayd etildi: «Liverpul» hujumchisi Ugo Ekitike «Brayton» darvozasiga 46-soniyada aniq zarba berdi.
Ammo rekord uzoq turmadi: ertasi kuni «Vest Hem» futbolchisi Mateush Fernandesh «Aston Villa»ga qarshi bahsning 29-soniyasida gol urib, mavsumdagi eng tezkor gol bo'yicha yangi cho'qqini belgiladi. Har gal bu natijani yangilash tobora mushkullashib bormoqda.
Angliya Premyer-ligasi, Tezkor gollar, Manchester Siti, Liverpul hujumchisi, Mateush Fernandesh
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar