
Fransiyalik himoyachi Dayo Upamekano Myunxenning "Bavariya" klubida qolishga tayyor. Bu haqda Kicker nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Upamekanoning vakillari o‘z talablarini "Bavariya" rahbariyatiga yetkazishgan. U shartnomasini uzaytirish uchun bonus olishni xohlayapti.
Futbolchi prinsipial jihatdan Myunxen klubida faoliyatini davom ettirishga tayyor, ammo faqat uning shartlari qabul qilingandagina. Endi navbat klubga: rahbariyat Upamekanoning talablarini qabul qilishi kerak yoki futbolchi mavsum oxirida bepul ketishi mumkin.
Joriy mavsumda 27 yoshli Upamekano barcha turnirlar doirasida 20 o‘yinda maydonga tushdi va bir bor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Transfermarkt portali himoyachining transfer qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.
Dayo Upamekano, Bavariya klubi, Myunxen shahri, Transfer qiymati, Futbol shartnomasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing