01:11 / 16.12.2025
7 263

RMTV hakamlikni qoraladi: Vinisiusga penalti berilmadi


Madridning "Real" klubi telekanali yana hakamlik ishini keskin tanqid qildi. Yakshanba kuni "Alaves"ga qarshi uchrashuv oxirida navbatdagi bahsli vaziyat yuz berdi: o'yinning so'nggi daqiqalarida Vinisius Junior raqib bilan to'qnashuvdan so'ng yiqildi, biroq penalti belgilanmadi.

Bosh hakam qoidabuzarlik bo'lmagan, degan qarorga keldi. Madrid Xtra keltirgan iqtibosga ko'ra, RMTV vakillari bu epizodga keskin munosabat bildirdi: "Bu to'liq sharmandalik.

Vinisiusga nisbatan sof penalti bor edi, ammo uni tayinlash o'sha VAR xonasidagi hakamning shaxsiy qarori bilan rad etildi — u Ispaniya kubogi finali oldidan mashhur matbuot anjumanini o'tkazgan edi. Bu vaziyatda qoidabuzarlikni ko'rmaslikning iloji yo'q".

Shunga qaramay, "Real" "Alaves"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Penalti belgilanmagan paytda tablodagi yakuniy hisob allaqachon 2:1 ko'rinishida edi.

Real klubi, Madrid Xtra, Vinisius Junior, Ispaniya kubogi, Hakamlik qarori
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing