02:08 / 16.12.2025
6 854

Tottenhem 0:3 mag'lubiyatdan keyin Frankni qo'llab-quvvatladi


Tottenhem yakshanba kuni Angliya chempionati doirasida safarda Nottingem Forestga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so'ng London klubi rahbariyati bosh murabbiy Tomas Frankning kelajagi bo'yicha muhokama o'tkazdi.

The Athletic xabariga ko'ra, o'yin yakunlari bo'yicha Tottenhem rahbariyati Frankni qo'llab-quvvatlashini bildirdi. Klub boshliqlari mutaxassisga vaqt berish kerak, degan fikrda.

Ayni paytda Tottenhem Angliya chempionati turnir jadvalida 11-o'rinda bormoqda. Frank shogirdlari navbatdagi uchrashuvini shanba, 20 dekabr kuni Liverpulga qarshi o'tkazadi.

Tomas Frank Tottenhemni yozda qabul qilib olgan. U bundan avval Brentford bosh murabbiyi sifatida muvaffaqiyatli faoliyati bilan e'tirof etilgandi.

Tottenhem klubi, Angliya chempionati, Tomas Frank, Nottingem Forest, Liverpul jamoasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing