
Barselona sport direktori Deku jamoa hujumchisi Markus Reshford haqida o'z fikrlarini bildirdi. "Reshford Barselonada baxtiyor.
Markus fantastik futbolchi. U Manchester Yunayteddagi avlodlar almashinuvi tufayli qiyinchiliklarga duch keldi.
Bu unga oson bo'lmadi. Muhim o'yinchi bo'lganda, katta mas'uliyatni his qilasan", — dedi Deku Times Sport nashriga.
Yozgi transferlar oynasida Barselona Reshfordni mavsum oxiriga qadar Manchester Yunayteddan ijaraga olgan, shuningdek, uni 30 million yevro evaziga sotib olish huquqini qo'lga kiritgan edi. Kataloniyaliklar safida u barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 9 ta golli pas berdi.
Barselona Direktori, Markus Reshford, Times Sport, Yozgi Transferlar, Kataloniya Jamoasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Muhokama va savollarsiz. Deputatlar davlat organlari xarajatlarini deyarli 10 trln so‘mga ko‘paytirishni ma’qulladilar
PSJ Barselonaning transfer rejalarini buzmoqchi
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Reshford La Ligada assistlar bo'yicha ikkinchi o'rinda
Lineker: Rashfordning Barselonadagi o‘yini meni hayratlantirmaydi