02:54 / 21.12.2025
3 893

Zavarzin: Safonovning PSJdagi kelajagi darvozabonlar murabbiyiga bog'liq


Moskvaning "Spartak" klubi sobiq bosh direktori Yuriy Zavarzin Matvey Safonovning "PSJ"dagi istiqboli haqida fikr bildirdi. Zavarzinga ko'ra, rossiyalik darvozabonning fransuz klubidagi keyingi taqdiri ko'proq bosh murabbiydan emas, balki darvozabonlar murabbiyi qanday pozitsiya tutishidan kelib chiqadi.

U Safonov yaxshi sport formasida bo'lgan va jarohat olmagan paytda ham "PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike uni asosan ikkinchi darvozabon sifatida ko'rganini eslatdi. Zavarzin fikricha, qo'lidan olgan jarohati bu vaziyatni yanada murakkablashtiradi.

"U jamoasiga katta yordam berdi, katta ish qildi. Ammo darvozabonlar murabbiyi bor: Matvey tiklangach, uning o'yini haqida nima desa, shunga qaraladi.

Ko'p narsa shunga bog'liq", — deya Zavarzin so'zlarini keltiradi "Match TV". Safonov qo'l jarohati sabab bir necha haftani o'tkazib yuboradi.

Yuriy Zavarzin, Matvey Safonov, PSJ klubi, Darvozabonlar murabbiyi, Sport formasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing