03:34 / 21.12.2025
3 491
Arsenal Evertonni yengdi, g‘alaba golini penaltidan urdi

Angliya Premer-ligasining 17-turida Everton o‘z maydonida Arsenalni qabul qildi. Uchrashuv davomida mezbonlar hujumda deyarli hech narsa yarata olmadi, londonliklar esa o‘yinni nazorat qildi, biroq ko‘plab imkoniyatlardan faqat bittasini golga aylantirdi.
Hisob 27-daqiqada ochildi: Viktor Dyokeresh penaltidan kuchli zarba yo‘llab, Arsenalni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda mehmonlar farqni oshirishga bir necha bor juda yaqin keldi.
Yurriyen Timberning uzatmasidan keyin Bukayo Saka pastdan zarba berdi, biroq Jeyms Tarkovski to‘pni darvoza chizig‘idan qaytardi. Deklan Raysning pasidan so‘ng Leandro Trossar uzoq burchakka bir teginishda tepdi, ammo to‘p ustunga tegdi.
Keyin Martin Edegor jarima maydoni chetidan ortga uzatdi, Martin Subimendi 15 metrlar atrofidan pastdan zarba berdi, yana ustun Evertonni qutqardi. Uchrashuv 0:1 hisobida yakunlandi.
Arsenal 39 ochko bilan yana turnir jadvalida yetakchilikni qaytarib oldi, Everton esa 10-o‘rinda qoldi.
Angliya Premer-ligasi, Arsenal jamoasi, Everton klubi, Futbol uchrashuvi, Turnir jadvali
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar