
Argentina terma jamoasi va Milanning "Inter" klubi sardori Lautaro Martines jamoaning yangi bosh murabbiyi Kristian Kivu bilan munosabatlari haqida soʻzlab berdi. Ruminiyalik mutaxassis Simone Indzagini oʻrniga jamoani boshqarishni boshladi va Lautaro bilan oʻzaro yaxshi munosabatlar oʻrnatishga muvaffaq boʻldi.
"Bizning munosabatlarimiz juda ajoyib, biz har kuni bir necha marta suhbatlashamiz. Kivu meni quchoqlashni yaxshi koʻradi – hatto rafiqamdan ham koʻproq!
Haqiqatan ham, bizning hamkorligimiz juda yaxshi boshlanganidan xursandman", – deydi Lautaro Martines fcinter1908.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, argentinalik hujumchi 2018-yildan buyon Milanning "Inter" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Argentina Terma, Lautaro Martines, Kristian Kivu, Inter Klubi, Ruminiyalik Murabbiy
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing