01:48 / 01.12.2025
293 796
Lautaro Martines A Seriyaning eng yaxshi toʻpurari boʻldi

Milaning "Inter" jamoasi hujumchisi Lautaro Martines Italiya A Seriyasining toʻpurarlar roʻyxatida yetakchilik qilmoqda. Yakshanba kuni "neradzurri" sardori 13-tur doirasida "Piza"ga qarshi oʻyinda dubl qayd etib, jamoasiga 2:0 hisobida gʻalaba keltirdi.
Hozirgi vaqtda 28 yoshli forvard A Seriya toʻpurarlar jadvalida olti gol bilan yetakchilik qilmoqda. Uning ortidan "Milan" futbolchilari Kristian Pulishich va Rafael Leau, "Komо"dan Nikolas Pas, "Bolonya"dan Rikkardo Orsolini hamda jamoadoshi Hakan Chalhanogʻlu bormoqda.
"Inter" esa A Seriya turnir jadvalida 27 ochko bilan uchinchi oʻrinda joylashgan. Birinchi oʻrindagi "Milan"dan bor-yoʻgʻi bitta ochko ortda qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Martinesning dubli "Inter"ga "Piza" ustidan ishonchli g‘alaba keltirdi
Lautaro Martinesning dublidan so'ng "Inter" g'alaba qozondi
«Milan» «Latsio»ni yengib, 1-o‘ringa chiqdi, "Yuventus"ni Yildiz qutqardi (video)
Bolonya Udinezeni yirik hisobda magʻlub etdi
«Milan» «Latsio»ni yengib, 1-o‘ringa chiqdi, "Yuventus"ni Yildiz qutqardi