
Braziliyalik yarim himoyachi Anderson Taliska, hozirda Istanbulning "Fenerbahche" klubida toʻp surayotgan sobiq "Al-Nasr"dagi jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida oʻz fikrlarini bildirdi. "Men jamoada oʻtkazgan ikki yil juda ajoyib boʻldi.
Bu ajoyib tajriba edi. Krishtianu bilan birga oʻynash orzudek edi.
Ronaldu futbol tarixidagi eng zoʻri", — dedi Taliska Goal.com portaliga bergan intervyusida. Maʼlumot uchun, Ronaldu Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubiga 2023-yilning yanvar oyida qoʻshilgan.
Uning amaldagi shartnomasi 2027-yil iyun oyida yakuniga yetadi. 40 yoshli hujumchining transfer qiymati 12 million yevroga baholanmoqda.
Anderson Taliska, Krishtianu Ronaldu, Al- Nasr Klubi, Saudiya Arabistoni, Fenerbahche Klubi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing