14:22 / 29.11.2025
329 877

Futbolchi Garri Potterga oʻxshagani uchun sudga berildi


Istanbulning "Fenerbahche" klubi futbolchisi Kerem Akturkogʻlu Garri Potterga oʻxshashligi sababli sudga berildi. Bu haqda Sabah nashri xabar berdi.

Keremga nisbatan daʼvoni AQShning Warner Bros. kompaniyasi kiritdi.

Sababi, u gol nishonlash vaqtida ushbu koinotga oid harakatlarni takrorlagan. Bundan tashqari, oʻzining shaxsiy ijtimoiy tarmoqlarida Warner Bros.ga tegishli musiqalardan foydalangan.

Kerem Akturkogʻlu Turkiya milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlib, "Fenerbahche"ga 2025-yil yozida qoʻshilgan. 29 yoshli yarim himoyachi bunga qadar "Galatasaroy", "Benfika" va boshqa klublarda toʻp surgan.

2024-yilning yozida uning Moskvaning "Spartak" klubiga oʻtishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi, biroq transfer amalga oshmagan.


Kerem Akturkogʻlu, Fenerbahche Klubi, Warner Bros, Turkiya Terma, Moskva Spartak
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing