15:42 / 21.11.2025
478 338

Leau: "Ajoyib ishlar amalga oshirildi"


“Milan”ning yetakchi futbolchilaridan biri Rafael Leau mavsum oraligʻida amalga oshirilgan ishlarni ijobiy baholadi. Ushbu davrning asosiy voqealari sifatida klubning sport direktori lavozimiga Igli Tare tayinlangani va Massimiliano Allegrining bosh murabbiy sifatida jamoani boshqarishi keltirilmoqda.

“Yangi mavsum oldidan koʻp oʻzgarishlar yuz berdi. Ajoyib sport direktori ish boshladi, tajribali murabbiy Massimiliano Allegri keldi, Zlatan Ibrahimovich jamoada qoldi va nihoyat, Luka Modrich ham saflarimizga qoʻshildi.

Har yakshanba biz oʻz imkoniyatlarimizni namoyish etishga harakat qilamiz”, – deya Leauning soʻzlarini keltiradi pientamilan.it. Eslatib oʻtamiz, ayni paytda “Milan” A Seriya turnir jadvalida uchinchi oʻrinda bormoqda.

Milan Futbolchilari, Rafael Leau, Massimiliano Allegri, Zlatan Ibrahimovich, A Seriya
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing