
“Barselona” klubi vingeri Lamin Yamal jamoaviy va shaxsiy yutuqlar o‘rtasida tanlov qila olmasligini aytdi. 18 yoshli futbolchining ta’kidlashicha, u “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi, shuningdek, “ko‘k-anorranglilar” bilan La Liga va Chempionlar Ligasi, Ispaniya terma jamoasi bilan esa Jahon chempionligini yutishi mumkin.
“2026-yilda hamma narsani birvarakayiga yutmoqchiman va buni amalga oshirish mumkinligini bilaman”, – deya Yamalning so‘zlarini keltiradi Barca Universal. Eslatib o‘tamiz, bu yil Lamin Yamal “Oltin to‘p” uchun ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egalladi.
U “PSJ” futbolchisi Usmon Dembelega imkoniyatni boy berdi. Hans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi va Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqdi.
Lamin Yamal, Barselona Klubi, Oltin To'p, La Liga, Jahon Chempionligi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing