Manchester Siti Arda Gyuler uchun 100 mln yevro taklif qilmoqchi

Manchester Siti transfer bozoridagi imkoniyatlarni o'rganmoqda. Defensa Central nashri Fichajes portaliga tayanib xabar berishicha, Angliya Premer-ligasi giganti Real yarim himoyachisi Arda Gyuler uchun 100 million yevro taklif qilishga tayyor.
Guardiola Gyulerga noyob futbolchi sifatida qarayotgani va uni "sakkizlik" roli uchun o'z tizimida ideal tarzda ko'rayotganini ta'kidlashmoqda. Shu bilan birga, Real Madrid Gyulerni sotishni rejalashtirmayotgani ma'lum.
Madrid klubi Ardaning kelajakda dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biriga aylanishi mumkinligiga ishonadi. Arda Gyuler Real safida jami 77 o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urgan va 17 ta golli uzatma amalga oshirgan.
20 yoshli yarim himoyachining shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.
Manchester Siti, Transfer Bozori, Arda Gyuler, Real Madrid, Premer Ligasi