
Real Madrid yarim himoyachisi Arda Gyuler Angliya Premer-ligasining bir nechta top-klublari, jumladan Manchester Siti va Arsenalning qiziqish doirasida. Ammo, Transfer News Live manbasining Defensa Centralga asoslanib bergan xabariga ko'ra, Madrid klubi turk futbolchisini boshqa jamoaga qo'yib yuborishni rejalashtirmayapti.
Real safida Gyuler jami 77 ta o'yinda maydonga tushgan bo'lib, 15 ta gol urgan va 17 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt portali 20 yoshli yarim himoyachini 60 million yevroga baholamoqda.
Gyulerning Real bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Real Madrid
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing