
Real Madrid futbolchisi Kilian Mbappening advokati Delfin Verxeyden PSJ klubini yana bir bor tanqid qildi. Uning aytishicha, jamoa saudiyalik klubdan kelgan transfer taklifini futbolchiga yetkazmagan va muzokaralar davomida unga bosim oʻtkazgan.
Verxeydenning soʻzlariga koʻra, Mbappe 2023-yil 12-iyun kuni elektron pochta orqali klubga ikki yildan ortiq muddatga yangi shartnoma imzolamagan holda oʻynashni rejalashtirayotganini bildirgan. Ammo PSJ rahbariyati bu pozitsiyani jiddiy qabul qilmagan va masala moliyaviy kelishuv bilan hal boʻlishiga ishongan.
Advokat, shuningdek, 2023-yil 21-iyul kuni Mbappe jamoadan chetlashtirilgandan soʻng, unga bosim yanada kuchayganini taʼkidladi. Futbolchiga yangi shartnoma imzolanmasa, maydonga tushmasligi haqida ishora qilingan.
Advokat saudiyalik klub taklifiga alohida eʼtibor qaratdi. 2023-yil 22-iyul kuni bir klub Mbappe uchun 300 million yevro toʻlashga tayyor boʻlgan va taklif 25-iyul kuni yarim tunga qadar amal qilgan.
Ammo, Verxeydenning aytishicha, bu taklif futbolchiga yetkazilmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing