00:47 / 18.11.2025
1 614

Manchester Yunayted hujumchisi oy davomida maydonga tusha olmaydi


Benjamin Sheshko, "Manchester Yunayted" hujumchisi, jarohati tufayli taxminan bir oy davomida maydonga tusha olmaydi. Futbolchi 8-noyabr kuni APL doirasidagi "Tottenhem"ga qarshi o'yinda (2:2) jarohat olgan edi.

U 60-daqiqada zahiradan maydonga tushgan, biroq o'yin oxiriga yaqin tizzasidagi ogʻriq sababli maydonni tark etishga majbur bo'lgan. Sky Sports xabariga koʻra, tekshiruvlar jiddiy jarohat yoʻqligini tasdiqlagan.

Shunga qaramay, hujumchiga toʻrt haftacha tanaffus qilish tavsiya etilgan. Sheshko oʻtgan yozda "RB Leyptsig"dan "Manchester Yunayted"ga oʻtib, besh yillik shartnoma imzolagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing