18:40 / 14.11.2025
1 661

Mbappe Pele davridan beri eng yosh to'purarga aylandi


Kilian Mbappe o'zining 400-golini urdi. Bu bugungi Fransiya va Ukraina milliy jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda sodir bo'ldi, unda "uch ranglilar" yirik hisobda g'alaba qozonishdi (4:0).

Maydon egalari sardori dubl qayd etdi va uning ikkinchi goli butun faoliyati davomida 400-goli bo'ldi. Madrid Zone ma'lumotlariga ko'ra, 26 yoshli Kilian Pele davridan beri 400 ta golga erishgan eng yosh futbolchidir.

Endilikda fransiyalik yulduz ushbu mingyillikning rekordiga ega. Klub darajasida Mbappe Madridning "Real" jamoasini himoya qiladi.

Bungacha u "Monako" va "PSJ" safida o'ynagan. Fransiya milliy jamoasida futbolchi 2017 yilda debyut qilgan.

20 dekabr kuni Kilian Mbappe 27 yoshga to'ladi.


Kilian Mbappe, Fransiya Jamoasi, Milliy Jamoa, Yosh Futbolchi, Madrid Zone
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing