
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi, norvegiyalik forvard Aleksandr Serlot "Fenerbaxche" transfer roʻyxatining yuqori qismida qolmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning maʼlumotiga koʻra, "Atletiko" Serlotni sotishga shoshilmayapti, ammo 35 million yevrodan yuqori takliflarni koʻrib chiqishga tayyor. Shunga qaramay, norvegiyalik futbolchi hozircha Turkiyaga koʻchishni oʻzining ustuvor maqsadi sifatida koʻrmayapti.
Joriy mavsumda Serlot barcha turnir doirasida jami 14 oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Serlotning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilga qadar moʻljallangan boʻlib, Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, uning transfer qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.
Atletiko Klubi, Aleksandr Serlot, Norvegiyalik Forvard, Fenerbaxche Transferi, Transfer Qiymati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar