14:42 / 17.11.2025
7 980

Yuventus Vlahovichni sotishga tayyor


Serbiyalik hujumchi Dushan Vlahovich hali ham "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirmadi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, "Yuventus" Vlahovichni qishki transfer oynasida sotishga tayyor. Biroq, hujumchining yiliga 12 million yevro maosh olishi boʻlajak transferga toʻsiq boʻlishi mumkin.

25 yoshli futbolchiga "Barselona", "Bavariya", "Manchester Yunayted", "Tottenxem", Madridning "Atletiko"si, "Milan" va "Fenerbahche" kabi klublar qiziqish bildirmoqda. Joriy mavsumda Vlahovich barcha musobaqalarda 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.


Dushan Vlahovich, Yuventus Klubi, Qishki Transfer, Yevropa Klublari, Futbol Transferi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing