23:48 / 15.11.2025
1 740

Timo Verner MLSda Messi bilan bir ligaga o'tishi mumkin


Germaniyaning "RB Leyptsig" klubi vingeri Timo Verner qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

Manbalarga ko'ra, 29 yoshli futbolchining qishda klubdan ketishi ehtimoli ortib bormoqda. Yanvar oyida Verner, katta o'zgarishlar yuz bermasa, Amerika MLS ligasining bir klubiga yo'l olishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda Verner Germaniya chempionatida faqat bir o'yinda maydonga tushib, atigi bir daqiqa o'ynadi. "RB Leyptsig" bilan hujumchining amaldagi shartnomasi kelgusi yozga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining narxini 5 million yevroga baholamoqda.
R B Leyptsig, Timo Verner, Qishki Transfer, Amerika M L S, Germaniya Chempionati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing