
Milanning 'Inter' klubi yarim himoyachisi Luis Enrike qishda boshqa jamoaga o'tishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatida joy olgan. 'Inter' braziliyalik futbolchini joriy yilning iyun oyida Fransiyaning 'Marsel' klubidan 23 million yevro evaziga sotib olgan edi.
Biroq yangi o'yinchi asosiy tarkibda kamdan-kam maydonga tushirilmoqda. Mashhur jurnalist Fabrichio Romano xabariga ko'ra, klub hozircha Enrikega yangi jamoa qidirish bo'yicha ko'rsatma bermagan, ammo uning qishki transfer oynasi davomida ketishi ehtimoldan xoli emas.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, 23 yoshli futbolchining transfer qiymati 25 million yevroga baholanmoqda. U bilan tuzilgan shartnoma 2030 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.
Inter Klubi, Luis Enrike, Qishki Transfer, Braziliyalik Futbolchi, Transfer Qiymati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar