18:39 / 18.12.2025
2 330

19 dekabr: qayerlarda qor yog‘ishi kutilmoqda?

O‘zgidromet 19 dekabr kuni uchun mamlakat bo‘ylab ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, aksariyat hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda qor va yomg‘ir kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida kechasi va ertalab yengil qor yog‘ishi, tuman tushishi ehtimoli bor. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo ayrim yo‘l uchastkalarida yaxmalak paydo bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 0–2 daraja sovuq, kunduzi 1–3 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq tuman tushishi mumkin. Ustyurtda sovuq kuchayib, ayrim joylarda harorat 15–18 darajagacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo asosan quruq bo‘ladi. Kechasi sovuq, kunduzi esa biroz iliq ob-havo saqlanadi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida kechasi va tongda ba’zi joylarda yengil qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda kun oxiriga yaqin yomg‘ir yog‘ib, ayrim hududlarda qorga aylanishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa kechasi yomg‘ir va qor kuzatilib, kunduzi havo nisbatan barqaror bo‘ladi.

Toğli hududlarda vaqt-vaqti bilan qor yog‘ishi, yo‘llarda yaxmalak va ayrim joylarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi.

Sinoptiklar haydovchilarni ehtiyotkor bo‘lishga, yo‘llarda harakat qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing