20:12 / 18.12.2025
1 744

Putindan Ukrainaga keskin ogohlantirish

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida Ukrainaga nisbatan juda qat’iy bayonot bilan chiqdi. Bu haqda Britaniyaning The Daily Express nashri xabar berdi.

Materialda qayd etilishicha, Putin agar Kiyev hududiy masalalar yuzasidan «mazmunli muloqot»ga tayyor bo‘lmasa, Rossiya jang maydonida o‘zini «tarixiy yerlarini ozod qilish»ga majbur bo‘lishini aytgan. Nashr bunday bayonotni Ukraina uchun «dahshatli ogohlantirish» sifatida baholagan.

Yig‘ilish davomida davlat rahbari Moskva mojaroni avvalo diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanini ta’kidladi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, agar Kiyev va G‘arb davlatlari «mohiyatli muzokaralardan» voz kechsa, Rossiya o‘z maqsadlariga harbiy yo‘l orqali erishishni davom ettiradi.

Putin, shuningdek, Rossiya Qurolli kuchlari hozirda o‘sish va kuchayish bosqichida ekanini ta’kidlab, Ukraina armiyasi esa tanazzul holatiga tushib qolgani, ommaviy tarkib tashlash va qochqinlik holatlari bilan to‘qnash kelayotganini bildirdi.

Rossiya rahbarining ushbu chiqishi mintaqadagi vaziyat yanada keskinlashayotganidan dalolat bermoqda.


Rossiya prezidenti, Vladimir Putin, Ukraina mojarosi, Diplomatik muzokaralar, Rossiya Qurolli kuchlari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing