To‘y mavsumi qachon avj oladi? Statistikada yetakchi oy aniqlandi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekiston bo‘yicha jami 177 017 ta nikoh rasmiylashtirilgan.
Statistikaga qaraganda, nikohlar soni yil davomida bosqichma-bosqich oshib borgan. Qish va bahor oylarida ko‘rsatkichlar nisbatan past bo‘lgan bo‘lsa, yoz oxiri va kuz boshida keskin o‘sish kuzatilgan.
Oylar kesimida eng kam nikoh mart oyida qayd etilgan — 12 059 ta. Yanvar oyida 17 837 ta, fevralda 13 938 ta, aprel oyida esa 15 764 ta nikoh tuzilgan. May va iyun oylarida bu ko‘rsatkich mos ravishda 17 556 ta va 18 121 tani tashkil etgan.
Yoz oylaridan boshlab nikohlar soni sezilarli oshgan. Xususan, iyul oyida 23 861 ta, avgustda 27 304 ta nikoh qayd etilgan. Eng yuqori ko‘rsatkich esa sentyabr oyiga to‘g‘ri kelib, bu davrda 30 577 ta nikoh rasmiylashtirilgan.
Milliy statistika, Nikohlar soni, O‘zbekiston bo‘yicha, Yil davomida, Oylar kesimi