13:20 / 18.12.2025
2 313

Dragan Cheran tanlov qildi: “Andijon” klubidan tushgan taklifni rad etdi

Qarshining “Nasaf” jamoasida uzoq yillar davomida ishonchli o‘yini bilan tanilgan tajribali hujumchi Dragan Cheran yangi mavsum oldidan muhim qaror qabul qildi. Manbalarga ko‘ra, 38 yoshli legioner Samvel Babayan boshqaruvidagi “Andijon” klubidan tushgan taklifni rad etgan.

Ma’lum qilinishicha, Cheran o‘z faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishni ma’qul ko‘rgan va ayni paytda uning “So‘g‘diyona” safiga qo‘shilishi kutilmoqda. Bu qaror tajribali futbolchining kelgusi mavsumda ham yuqori darajada o‘ynashga tayyor ekanini anglatadi.

Yakunlangan mavsumda Dragan Cheran “Nasaf” tarkibida jami 34 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Ushbu bahslarda serb hujumchisi 11 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi va yana 4 ta golli uzatma bilan jamoadoshlariga yordam berdi. Bu ko‘rsatkichlar uning yoshiga qaramasdan hali ham maydonda katta foyda keltira olishini yaqqol namoyon etdi.

Muxlislar fikricha, agar Cheran haqiqatan ham “So‘g‘diyona”ga o‘tsa, jamoa hujum chizig‘ida sezilarli kuchayish bo‘ladi. Taҗriba, sovuqqonlik va gol sezgisi — aynan shunday sifatlar jizzaxliklarga yangi mavsumda qo‘l kelishi mumkin.


Dragan Cheran, Nasaf jamoasi, So'g'diyona klubi, Samvel Babayan, Futbol transferi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing