
Moskvaning «Spartak» klubida to'p surgan sobiq futbolchi, hozirda ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Eduard Mor Madridning «Real» jamoasidagi ikki yulduz hujumchi — braziliyalik Vinisius Junior va fransiyalik Kilian Mbappe o'rtasida qiyos keltirdi. Mor «Match TV» efirida Mbappe jamoada talab va standartlarni ancha yuqoriga ko'targanini, Vinisius esa hozircha bu darajaga moslasha olmayotganini ta'kidladi.
Uning aytishicha, Vinisius Mbappe darajasiga yetishga urinmoqda, biroq bunga erisha olmayapti. Ispaniya chempionatining so'nggi turida «Real» safarda «Alaves»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Bugungi kunga kelib, Xabi Alonso boshchiligidagi madridliklar 39 ochko bilan La Ligada ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Barselona»dan to'rt ochko ortda qolmoqda.
Eduard Mor, Real jamoasi, Vinisius Junior, Kilian Mbappe, Ispaniya chempionati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing