
Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Ben Uayt jarohat oldi. Futbolchida son orqa mushaklari payi shikastlangani qayd etilgan.
Dastlabki baholashlarga ko'ra, Uaytning tiklanishi uchun to'rt haftadan olti haftagacha vaqt kerak bo'ladi. Bu haqda BBC xabar berdi.
2025/2026-yilgi mavsumda Uayt barcha musobaqalarda 11 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, bir assist muallifi bo'ldi. Ayni paytda "Arsenal" Angliya Premyer-ligasida 16 turdan so'ng 36 ochko to'plab (11 g'alaba, 3 durang, 2 mag'lubiyat), turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.
Mikel Arteta jamoasi chempionatdagi navbatdagi o'yinini 20-dekabr, shanba kuni safarda "Everton"ga qarshi o'tkazadi.
Arsenal klubi, Ben Uayt, Angliya Premyer-ligasi, Mikel Arteta, Evertonga qarshi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing