09:36 / 14.12.2025
4 701

Bugun bir qator hududlarda yomg‘ir va qor kuzatiladi

Bugun mamlakatning ayrim mintaqalarida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. “O‘zgidromet” ma’lumoticha, 14 dekabr kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir, ayrim joylarda esa yomg‘ir bilan qor aralash yog‘ishi kutilyapti. Toshkentda kechga yaqin yomg‘ir ehtimoli yuqori.

Shamol asosan g‘arb tomondan yo‘nalib, o‘rtacha 3–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi manzillarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat ko‘rsatkichlari respublika bo‘ylab farq qiladi:
Toshkentda kechasi 3–5 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja atrofida. Samarqand, Sirdaryo va Jizzaxda kechasi 2–7 daraja, kunduzi 11–16 daraja iliq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryoda kunduzgi harorat 15–20 darajagacha ko‘tariladi.

Andijon, Namangan va Farg‘onada kunduzi 5–10 daraja, Buxoro va Navoiyda esa 10–15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi esa 3–8 daraja iliq ro‘y beradi.

Tog‘li hududlarda vaqt-vaqti bilan yomg‘ir va qor kuzatiladi, harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 1–6 daraja iliq oralig‘ida bo‘ladi.

Muhim eslatma: 13–16 dekabr kunlari Toshkent va Namangan viloyati tog‘larida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turibdi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing