14:22 / 14.12.2025
5 643

Kasper Yulmann «Kyoln» ustidan g‘alabani izohladi


Leverkuzenning «Bayer» klubi bosh murabbiyi Kasper Yulmann Germaniya chempionati doirasida «Kyoln» ustidan qo‘lga kiritilgan 2:0 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi. «Jamoa g‘alabaga to‘liq loyiq edi.

Natijadan barchamiz mamnunmiz. Uchrashuvning birinchi bo‘limi biz uchun saboq bo‘ldi, tanaffusda vaziyatni tahlil qildik.

O‘tgan o‘yinda jamoaviy ruhimizni namoyish etdik», — deya murabbiy so‘zlarini Bundesliga matbuot xizmati keltiradi. 14 ta turdan so‘ng «Bayer» 26 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Yulmann shogirdlari peshqadam «Bavariya»dan 11 ochkoga ortda qolmoqda.
Bayer klubi, Kasper Yulmann, Germaniya chempionati, Bundesliga xizmati, Turnir jadvali
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing