14:31 / 14.12.2025
5 682
Kafanov: Safonov «PSJ»ning 3:2 g'alabasida xatosiz o'ynadi

Rossiya milliy terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Vitaliy Kafanov «PSJ» posboni Matvey Safonovning «Mets»ga qarshi safardagi uchrashuvdagi (3:2) o'yinini baholadi. Mutaxassisning ta'kidlashicha, Safonovning darvozasiga urilgan ikki gol epizodida ham u imkon qadar hammasini qilgan va birorta xatoga yo'l qo'ymagan.
Kafanov fikricha, jamoa g'alaba qozongan bu o'yinda o'tkazib yuborilgan to'plar uchun Safonovni ayblashga hech kimning jur'ati yetmaydi. Lyuka Shevalye jarohat olganidan so'ng rossiyalik darvozabon Parij klubida ketma-ket uchta uchrashuvda maydonga tushib, ikki gol o'tkazib yubordi.
«PSJ» 36 ochko jamg'arib, Liga 1 turnir jadvalida yana birinchi o'ringa qaytdi.
Rossiya terma, Vitaliy Kafanov, Matvey Safonov, Liga 1, Parij klubi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar