08:25 / 18.11.2025
3 574

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston prezidentiga tashakkurnoma yo‘lladi

Qasim-Jomart Toqayev Shavkat Mirziyoyevga 14-16-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida Qozog‘iston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan iliq mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Maktubda ushbu tashrif Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga kuchli turtki bergan tarixiy ahamiyatga ega ekani qayd etilgan.

Qasim-Jomart Toqayev Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvi tashkil etilganini ham yuksak baholadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqaviy hamkorlikning butun spektri bo‘yicha mazmunli muhokamalar, qabul qilingan muhim qarorlar va hujjatlar, shuningdek, Ozarbayjonning to‘laqonli ishtirokchi sifatida qo‘shilishi forumga strategik ahamiyatga ega tadbir maqomini berdi, deyiladi maktubda.


Qozog‘iston Delegatsiyasi, Davlat Tashrifi, Strategik Sheriklik, Markaziy Osiyo, Mintaqaviy Hamkorlik
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing