O‘zbekiston sportchilari Islom birdamlik o‘yinlarida g‘alaba qozonmoqda

O‘zbekiston terma jamoasi Riyodda o‘tkazilayotgan Islom birdamlik o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda. Taekvondo, qilichbozlik va yengil atletika bo‘yicha musobaqalarda o‘zbekistonlik sportchilar oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritib, mamlakatning umumiy medallar jadvalidagi o‘rnini mustahkamlashdi.
Diyorbek To‘xliboyev O‘zbekistonga yana bir oltin medal olib keldi. U 67 kg vazn toifasida turkiyalik raqibini finalda mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa chempioni bo‘ldi.
Yana bir oltin medalni Marat Mavlonov qo‘lga kiritdi. U 82 kg dan yuqori vazn toifasida Qozog‘iston vakilini yengib, delegatsiyaga oltin medalni taqdim etdi.
Svetlana Osipova 70 kg dan yuqori vazn toifasidagi ayollar musobaqasida ishtirok etdi. Finalda u turkiyalik sportchiga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalandi.
Erkaklar o‘rtasidagi qilichbozlik musobaqasining finalida o‘zbekistonlik ikki sportchi – Meyirxon To‘raxonov va Javohir Nurmatov o‘zaro bellashdi. Natijada To‘raxonov g‘olib chiqib, delegatsiyaning yigirmanchi oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Ayollar finalida esa Guliston Perdiboyeva oltin medal uchun kurashdi, biroq turkiyalik raqibiga 8:15 hisobida mag‘lub bo‘lib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Sharifa Davronova uch hatlab sakrash bo‘yicha musobaqada kumush medalni qo‘lga kiritdi.
U 13,91 metr natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.