10:34 / 18.11.2025
1 901

Norvegiya JCH-2026ga yoʻllanma oldi


FIFA prezidenti Janni Infantino Norvegiya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon Chempionatiga yoʻllanma olgani yuzasidan oʻz fikrini bildirdi. "Uzoq tanaffusdan soʻng Norvegiya Jahon Chempionatiga qaytmoqda.

Bu norveg futboli uchun faxrli bir lahza. Ushbu ondan bahramand boʻling va tarixda oʻz izingizni qoldirishga tayyor boʻling.

Biz norveg bayrogʻini mundialda koʻrishni intiqlik bilan kutmoqdamiz", – dedi FIFA prezidenti TV2 kanali orqali. Eslatib oʻtamiz, Norvegiya terma jamoasi saralash turnirining soʻnggi oʻyinida Italiya jamoasini safarda 4:1 hisobida magʻlub etib, 1998 yildan beri ilk bor Jahon Chempionatiga chiqdi.


F I F A Prezidenti, Norvegiya Jamoasi, Jahon Chempionati, Norveg Futboli, Saralash Turniri
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing