
Madridning "Real" klubi ikki himoyachisi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. AS nashrining xabariga koʻra, nemis Antonio Ryudiger va avstriyalik David Alaba jamoani tark etishi mumkin boʻlgan futbolchilar roʻyxatiga kiritilgan.
Klubda ushbu futbolchilarning tez-tez jarohat olishi bilan bogʻliq holatga norozilik bildirgan. Shuningdek, Ryudiger va Alabaning "qirollik" klubi bilan shartnomalari kelasi yilning yozida nihoyasiga yetishi qayd etilgan.
David 2021-yildan beri "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda, Antonio esa Madrid klubiga 2022-yil yozida qoʻshilgan edi. La Liga chempionatining 12-turidan soʻng Xabi Alonsoning shogirdlari 31 ochko toʻplab, musobaqa jadvalida birinchi oʻrinda bormoqda.
Madrid grandi navbatdagi oʻyinini 23-noyabr kuni "Elche"ga qarshi oʻtkazadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing