
O‘zgidromet ertangi, 18 noyabr kuniga mo‘ljallangan ob-havo prognozi bilan bo‘lishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yurtning deyarli barcha nuqtalarini iliq va tinch ob-havo kutib turibdi.
Toshkent shahrida osmon o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, biroq yog‘ingarchilik kutilmayapti. Shamol sharqdan sokin esadi. Harorat kechasi 6–8 daraja, kunduzi esa 19–21 daraja atrofida iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ham huddi shunday — yomg‘irsiz, barqaror ob-havo hukm suradi. Bu yerlarda kechasi 2–7 daraja, kun davomida 14–19 daraja iliq bo‘lishi aytiladi.
Buxoro va Navoiy tomonda xam yomg‘irsiz ob-havo davom etadi. Kechasi 4–9 daraja, kunduzi esa 17–22 daraja atrofida iliq harorat kutilmoqda.
Xuddi shu kabi sharoitlar Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzaxda ham kuzatiladi: kechasi 4–9 daraja, kunduzi esa 17–22 daraja yoqimli iliqlik qayd etiladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda harorat bundan ham iliq — kechasi 4–9 daraja, kunduzi 19–24 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Andijon, Namangan va Farg‘onada ham iqlim tinch: kechasi 2–7 daraja, kunduzi 15–20 darajaga qadar fursatli iliqlik kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda esa tunlari 2–7 daraja, kunduzi 12–17 daraja atrofida yomg‘irsiz, sokin ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi.
Iltiq havo va yomg‘irsiz kunlar ko‘pchilik uchun yaxshi yangilik bo‘ldi — ertaga yurt bo‘ylab bahorona kayfiyat hukm surishi kutilmoqda.
Ob Havo, Iliq Harorat, Yomg‘irsiz Kunlar, Toshkent Shahri, Bahorona Kayfiyat