17:13 / 17.11.2025
2 011

Paunovich tarkib tanlashda xato qilganini tan oldi


Serbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Velko Paunovich Latviya bilan bo'lib o'tgan Jahon chempionati saralash bosqichining so'nggi o'yini bo'yicha fikr bildirdi. Mazkur uchrashuvda serblar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab birinchi bo'limda gol o'tkazib yuborgan mezbonlar, ikkinchi bo'limda ikkita gol urib, g'alaba qozonishdi. "Albatta, bu juda yoqimli.

G'alabalar har doim ajoyib, kimga qarshi o'ynashdan qat'i nazar. Ammo g'alabaga qanday erishilganini ham unutmaslik kerak.

O'ylaymanki, birinchi bo'limda tarkibni noto'g'ri tanlaganim xato bo'ldi, chunki ayrim futbolchilar Angliyaga qarshi o'yinda qatnashishgan edi", - dedi murabbiy Serbiya futbol ittifoqining rasmiy saytiga bergan intervyusida. "Yengil charchoq va jarohatlar raqibga qarshi o'yinni murakkablashtirdi.

Ular o'z imkoniyatlaridan unumli foydalandi. Ammo tanaffusdan so'ng maydonga tushgan futbolchilarning reaksiyasi ajoyib bo'ldi." Serbiya terma jamoasi guruhda 13 ochko bilan uchinchi o'rinni egalladi.

Albaniya 14 ochko bilan ikkinchi, Angliya esa 24 ochko bilan birinchi o'rinda bo'ldi. Latviya 5 ochko to'plagan bo'lsa, Andorra hisobida atigi 1 ochko bor.


Serbiya Jamoasi, Velko Paunovich, Jahon Chempionati, Futbol Uchrashuvi, Guruh Natijalari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing