16:25 / 17.11.2025
1 892

Aleksandr Golovin: Yoshim o'z ta'sirini ko'rsatmoqda


Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin o'zining hozirgi holati va 20 yoshidagi davri o'rtasidagi asosiy farq haqida gapirdi. Futbolchining so'zlariga ko'ra, yosh o'z ta'sirini eng avvalo o'yinlardan keyingi tiklanish jarayoniga ko'rsatadi.

Golovin ta'kidlashicha, yoshlik davrida organizm yuklamalardan keyin tezroq tiklanar edi va rejimga qattiq rioya qilishga ehtiyoj bo'lmagan. Hozir esa tiklanishga ko'proq e'tibor qaratish zarur.

"Avvalgi yillarda o'yinlardan keyin tiklanishim ancha osonroq edi. Bu aniq.

20 yosh va 29 yosh orasida katta farq bor. Hozir esa tiklanish uchun ko'proq vaqt ajratishim kerak.

20 yoshimda ba'zi narsalarga e'tibor bermasdan, hammasi o'z-o'zidan yaxshi bo'lib ketadi, deb o'ylardim. Hozir esa bu boshqacha," - deydi Golovin "Sovetskiy sport" nashriga bergan intervyusida.

Aleksandr Golovin 2018 yildan buyon "Monako" klubi safida o'ynamoqda. Shu vaqt ichida u 241 ta o'yinda maydonga tushib, 36 ta gol urdi va 40 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing