17:03 / 17.11.2025
1 954

Eron yulduzi final oldidan O‘zbekistonga qattiq baho berdi

Al Ain Cup musobaqasining hal qiluvchi bellashuvi yaqinlashar ekan, Eron milliy jamoasi yarim himoyachisi Mehdi Hoshimnajot O‘zbekistonga qarshi final oldidan o‘z munosabatini bildirib o‘tdi. Unga ko‘ra, jamoa umumiy holati yaxshi, futbolchilar o‘zlarini jismonan ham, ruhan ham finalga tayyor his etmoqda.

Hoshimnajotning aytishicha, final – hamisha boshqa o‘yinlardan tubdan farq qiladigan, iroda, bosimga chidamlilik va daqiq harakatlarni talab qiluvchi bellashuv. Shu bois Eron terma jamoasi ushbu o‘yinni hatto oddiy musobaqa deb emas, sovrin uchun so‘nggi qadam sifatida ko‘ryapti.

U futbolchi sifatida jamoa nomidan bir narsani ishonch bilan aytdi: ular finalda bor kuchini ishga solishga bel bog‘lagan. Unga ko‘ra, finalda muxlislar texnikasi yuqori, o‘yini jiddiy va mahoratli tarzda kechadigan bir jamoani ko‘rishadi.

Hoshimnajot O‘zbekistonga qarshi o‘yinlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Uning eslashicha, oxirgi bor bellashganda Eron jamoasi ikkinchi daqiqadanoq bir o‘yinchidan ayrilgan edi va o‘yinni o‘n kishi bo‘lib davom ettirishga majbur bo‘lgan. Shunga qaramay, O‘zbekiston o‘shanda ham o‘zini kuchli, tez rivojlanayotgan va intizomli jamoa sifatida namoyon etgan.

Futbolchining fikricha, terma jamoasi so‘nggi uchrashuvda ham o‘z kuchini ko‘rsatdi va final aynan o‘sha rivojlanish natijasiga yana bir imtihon bo‘ladi. U shunday deb ta’kidladi:

«Finalda o‘yin shiddati katta bo‘ladi. Biz ham taniqli futbolchilarga ega katta jamoamiz. Har birimiz barcha salohiyatimizni ishga solib, eng yaxshi natijaga erishish uchun bor imkoniyatimizni sarflaymiz».

U shuningdek, ko‘pchilik Misrni finalga chiqadi deb o‘ylaganini, ammo taqdir ularni yana O‘zbekiston bilan to‘qnashtirganini aytib o‘tdi. Hoshimnajotning fikricha, finaldagi eng muhim jihat – raqib emas, balki o‘z uslubini yo‘qotmaslik, jamoaviy o‘yinni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish.

U O‘zbekistonni jahon chempionatiga yo‘llangan jamoa sifatida yuqori baholadi va final muxlislar uchun emotsiyalarga to‘la, qizg‘in va murakkab bellashuvdan xabar berishiga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Al Ain Cup finali 18-noyabr kuni soat 21:00 da boshlanadi. Muxlislar uchun yana bir yurak urar, katta bosim ostida o‘tadigan jang kutilmoqda.


Al Ain, Eron Jamoasi, O‘zbekiston Jamoasi, Final Bellashuvi, Futbol Uchrashuvi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing