
"Liverpul" futbol klubi Fransiya terma jamoasi himoyachisi Ibrahima Konatega amaldagi shartnomasini uzaytirish bo'yicha yakuniy taklifini taqdim etdi. Eslatib o'tamiz, futbolchining hozirgi shartnomasi 2026-yil yozigacha amal qiladi.
Klub rahbariyati taklif qilingan shartlarni maksimal darajada foydali deb hisoblab, Konatedan yaqin haftalarda javob kutmoqda. Jurnalist Sasha Tavolierining ma'lumotiga ko'ra, agar futbolchi taklifni qabul qilsa, "Liverpul"ning eng yuqori maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin.
Biroq, 26 yoshli himoyachi hali kelajagi borasida qaror qabul qilmagan. U ikkita variantni ko‘rib chiqmoqda: mersisaydliklar bilan yangi shartnoma imzolash yoki amaldagi kelishuv muddati tugashini kutib, erkin agent sifatida "Real"ga o‘tishga harakat qilish.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar