19:08 / 14.11.2025
1 441

Mirziyoyev Tokayevni Toshkent-Humo aeroportida kutib oldi


Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Tokayev davlat tashrifi bilan Toshkent shahriga keldi va uni xalqaro "Toshkent-Humo" aeroportida tantanali kutib olish marosimi bilan qarshi olishdi. Tokayev ushbu zamonaviy aeroportga tashrif buyurgan birinchi davlat rahbari bo'ldi.

Aeroportda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Tokayev o'rtasida dastlabki suhbat bo'lib o'tdi. Suhbat davomida ikki davlat o'rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif dasturiga ko'ra, ertaga, 15-noyabr kuni oliy darajadagi muzokaralar va Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig'ilishi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Qozog'iston Prezidenti, Toshkent Shahri, Davlat Tashrifi, Strategik Sheriklik, Oliy Muzokaralar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing