
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann jahon chempionati saralash bosqichi so‘nggi turida Slovakiya bilan bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi o‘yin haqida fikr bildirdi. Aynan ushbu bahs mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma taqdirini hal qiladi.
Jamoalar o‘z hisoblarida 12 ochkodan to‘plagan, ammo to‘plar nisbati Germaniya foydasiga bo‘lgani sababli ularga durang ham kifoya qiladi. Mazkur o‘yin dushanba kuni o‘tkaziladi.
"Men hech qachon jamoalarimni durang uchun o‘ynashga tayyorlamaganman. Biz o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
Bu bizning standartlarimiz va shunday bo‘lishi kerak. Agar bugungidan yaxshiroq o‘ynasak, g‘alaba qozonishimiz mumkin", – dedi Nagelsmann Lyuksemburg ustidan 2:0 hisobida erishilgan g‘alabadan so‘ng bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya birinchi davrada Slovakiyaga safarda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Germaniya Jamoasi, Jahon Chempionati, Yulian Nagelsmann, Hal Qiluvchi, Slovakiya O‘yini
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston – Misr bahsi oldidan kutilgan katta sinov boshlanmoqda
2026 yilgi jahon chempionatiga chiqqan terma jamoalar soni 29 taga yetdi
Xorvatiya – O‘zbekiston bahsi oldidan ekspertlar fikri tarqaldi
Germaniya g‘alaba qozondi, Lyuksemburg "sensatsiya" yarata olmadi
O‘zbekiston U-17 termasi pley-offda Xorvatiya bilan kuch sinashadi