Shahlo Zoirova "Dizayn" jamoasiga o'tib ketdimi? Aktrisa haqiqatni aytdi

Aktrisaning aytishicha, u ilgari bir necha loyihalarda ko‘ringan bo‘lsa-da, “Dizayn” jamoasida to‘liq faoliyat olib bormagan. Shahloxonim bu masalaga aniqlik kiritarkan, shunday dedi:
“Ko‘p jamoalarda bo‘lganim yo‘q — faqat bitta jamoada birga ishlagandik. Keyin ular sekin-asta tarqab ketdi. Bu safar esa meni mehmon san’atkor sifatida taklif qilishdi.”
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Dizayn” rahbari Qobil Karimov uch yildan beri aktrisani sahnaga taklif qilib kelgan, ammo turli sabablarga ko‘ra, hamkorlik amalga oshmay kelgan.
Shahlo Zoirovaning samimiy izohi ham e’tibor qozondi:
“Qobil aka uch yildan beri taklif berib kelardi. Xatlar kelardi, odamlar so‘rardi, lekin puli kelmasdi. Bu safar esa — puli ham keldi, Shahloxonim ham keldi,” — deya kulib javob berdi aktrisa.