15:58 / 14.12.2025
6 187

Google tarjimasi har qanday quloqchinda ishlaydigan davr boshlandi

Google o‘zining «Tarjimon» xizmatini yanada ilg‘or darajaga olib chiqdi: endi real vaqtda nutqni tarjima qilish funksiyasi istalgan simsiz quloqchinlarda ishlaydi. Bu borada Apple cheklangan imkoniyatga ega — unda bu funksiya faqat AirPods'ning uchta modelida mavjud.

Yangi tarjimon Gemini neyron tarmog‘iga asoslangan bo‘lib, 70 dan ortiq tillarni, jumladan o‘zbek tilini ham mukammal tarzda qo‘llab-quvvatlaydi. Eng qizig‘i, sistema suhbatdagi ohang va intonatsiyani ham asrab qoladi — tarjima jonli va tabiiy eshitiladi.

Funksiya ayni paytda AQSH, Hindiston va Meksikada Android tizimida sinovdan o‘tmoqda. Kompaniyaning aytishicha, 2026 yildan boshlab u barcha Android qurilmalarida ommaviy ishga tushiriladi.


Google Tarjimon, Apple kompaniyasi, Neyron tarmoq, O‘zbek tili, Android tizimi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing