Namangan va Xitoy 150 mln dollarlik ekoloyihani tezlashtiradi

Namangan viloyati va Xitoyning China Everbright Environment kompaniyasi qiymati 150 million dollar bo‘lgan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlashga qaratilgan investitsion loyihani amalga oshirishni jadallashtirishga kelishib oldi. Bu haqda "Namangan haqiqati" nashri xabar berdi.
Ushbu kelishuv Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovning Xitoyga ishchi tashrifi doirasida Shenchjen shahrida China Everbright Environment prezidenti Luan Zusheng bilan uchrashuvi chog‘ida erishildi. Tomonlar Chust tumanida qurilish ishlarini 14-16 oy ichida yakunlab, obyektni 2027 yilning birinchi choragida ishga tushirishni rejalashtirgan.
Loyiha zamonaviy "yashil" texnologiyalarni joriy etish, ekologik vaziyatni yaxshilash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishni nazarda tutadi. Tashrif doirasida Namangan viloyati delegatsiyasi Xitoyning qator yetakchi kompaniyalari bilan investitsiyalar, sanoat va ekologiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.
Namangan viloyati, China Everbright, Shavkatjon Abdurazzoqov, Yashil texnologiyalar, Ekologik vaziyat