15:30 / 14.12.2025
6 433

O‘zbekiston bokschilari IBA jahon chempionatida qancha daromad qildi?

O‘zbekiston boks terma jamoasi Dubayda yakunlangan kattalar o‘rtasidagi IBA jahon chempionatida sezilarli mukofot pullarini qo‘lga kiritdi.

Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 8,2 million AQSH dollarini tashkil etdi, deb xabar beradi OlamSport. Chempionat natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschilar 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Bundan tashqari, yana ikki nafar sportchi 5-o‘rinni egalladi. Turnirdagi mukofot puli quyidagicha taqsimlandi: oltin medal uchun – 300 ming dollar, kumush uchun – 150 ming dollar, bronza uchun – 75 ming dollar, 5-o‘rin uchun esa – 10 ming dollar.

IBA qoidalariga ko‘ra, mukofot pullarining 50 foizi sportchiga, 25 foizi murabbiyga va 25 foizi milliy boks federatsiyasiga beriladi. Oltin medallarni Asadxuja Muydinxo‘jayev va Hasanboy Do‘smatov qo‘lga kiritdi.

Kumush medal sovrindorlari Abdumalik Xalokov, Arman Maxanov, Javohir Ummataliyev va Turabek Xabibullayev bo‘ldi.

Bronza medal sovrindorlari esa Xo‘janazar Nortojiyev, Asilbek Jalilov va Fazliddin Erkinboyevlar bo‘ldi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing