O‘zbekiston xalq artisti hamda Tojikiston xalq hofizi Og‘abek Sobirov kecha, 2 dekabr kuni, kenja farzandining to‘y marosimini o‘tkazdi. Ustoz san’atkorning oilasidagi ushbu quvonchli kun katta tantana bilan nishonlandi.
To‘y marosimida xalq mehrini qozongan ko‘plab taniqli san’atkorlar ishtirok etdi. Jumladan, Yulduz Usmonova, Hosila Rahimova, Dilmurod Sultonov, Janob Rasul va boshqa bir qator mashhur ijodkorlar xizmat ko‘rsatib, bayram kayfiyatini yanada ko‘tarishdi.
Og‘abek Sobirovning ushbu quvonchli kuni muxlislar hamda san’at ahli tomonidan iliq kutib olindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nilufar konsertida Yulduz Usmonova tomoshabinlarni hayratda qoldirdi (video)
Nilufar Usmonova konsertida kutilayotgan yangi duetlar va syurprizlarni oshkor etdi
Ozodbek Nazarbekovning to'yda kuylashi ijtimoiy tarmoqlarni larzaga soldi
Qishning ilk haftasida O‘zbekistonni kutgan ob-havo tafsilotlari
Kamilla Rahimova O‘zbekiston tennis terma jamoasiga qo‘shildi