14:34 / 27.11.2025
434 347
Jennifer Lopes va Trampning o‘g‘li Hindistondagi eng badavlat oilaning qizini to‘yida ishtirok etdi

Hindistonning Udaypur shahrida mamlakatdagi ikkinchi eng badavlat oilaning qizi Netra Mantenaning dabdabali to‘yi bo‘lib o‘tdi. U farmatsevtika sanoati magnatining qizi bo‘lib, IT-tadbirkor Vamsi Garidajuga turmushga chiqdi.
To‘y marosimida mashhur qo‘shiqchi Jennifer Lopes, Bollivud yulduzlari hamda Cirque du Soleil aktyorlari sahnaga chiqdi. Mehmonlar orasida AQSh prezidenti Donald Trampning o‘g‘li ham qatnashgan.
Nodir mehmonlar va hashamatli sahna ko‘rinishlari bilan ajralib turgan ushbu marosim taxminan 9 million dollarga tushgani aytilmoqda. To‘y Hindistondagi eng esda qolarli ijtimoiy voqealardan biri sifatida tilga olinmoqda.
Udaypur Shahri, Netra Mantenaning To‘yi, Jennifer Lopes, Donald Tramp, Hindiston To‘yi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jennifer Lopes va Trampning o‘g‘li Hindistonning eng badavlat oilaning qizini to‘yida ishtirok etdi
20 yiillik muhabbat tarixiga ega mashxur juftlik 2 yil davom etgan nikohiga yakun yasadi
Manzura Nilufar Usmonavaning qizlariga sovg‘a ulashdi (video)
Prezident Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi sessiyasida ishtirok etdi
Yilning eng yaxshi futbolchisi nomzodlari e’lon qilindi