00:04 / 23.11.2025
383 549

Manzura Nilufar Usmonavaning qizlariga sovg‘a ulashdi (video)

Instagram ijtimoiy tarmog‘ida xonanda Nilufar Usmonovaning konsertidan keng tarqalgan video muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Unda sahnaga Manzuraning chiqishi, san’atkorlar orasidagi samimiy munosabat va ehtirom yorqin aks etgan.

Videoda Manzura sahna markaziga chiqib, Nilufar Usmonovaning ikki qizini mehr bilan oldinga chaqirdi. U ularni ko‘rgach, yuzidagi samimiy tabassum bilan o‘z ehtiromini bildirib, qizlarni «baraka, go‘zal» deya atadi. Manzura ularni juda yaxshi ko‘rishi, ularga nisbatan qalbida alohida mehr borligini aytdi.

Shu bilan birga, u qizlar uchun maxsus sovg‘a — xolalarini (Manzura) eslab yurishlari uchun olib kelgan o‘yinchoqni topshirdi. Uning bu harakati konsertda o‘ziga xos iliq muhit yaratib, tomoshabinlarning ham, ijodkorlarning ham qalbini yayratdi.

Bu lahza nafaqat ikki xonanda o‘rtasidagi samimiy do‘stlikni, balki ularning oilaviy yaqinligini ham yana bir bor namoyon qildi. Manzuraning mehrga to‘la so‘zlari va sovg‘asi konsertning eng esda qolarli pallalaridan biri bo‘ldi.


Nilufar Usmonova, Manzura Sahna, Samimiy Munosabat, Oilaviy Yaqinlik, Esda Qolarli
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing