Ledi Gaga birinchi bor “Joker 2” tanqidiga munosabat bildirdi

Bir yil o‘tgach, Ledi Gaga "Joker: Ikki kishilik jinnilik" filmi haqidagi salbiy fikrlarga javob qaytardi. Bu haqda Pravilamag yozadi.
Pop-xonanda qattiq tanqid unga «juda ahmoqona» tuyulganini aytdi va bu rolga juda ko‘p mehnat sarflagani uchun “og‘riqli tajriba” bo‘lganini ta’kidladi.
«Men befarq bo‘lmaganman. Qizig‘i shundaki, buni aytish menga biroz noqulay, lekin rostini aytsam, tanqid boshlanganda kulib yuborganman. Chunki bu meni mutlaqo sergaklikdan chiqarib qo‘ygan», — dedi qo‘shiqchi.
«Ba’zan vaziyatni qabul qilishga vaqt kerak bo‘ladi va bu og‘riqli kechishi mumkin. Axir men ishimga o‘zimdan juda ko‘p narsa qo‘shaman», — deb qo‘shimcha qildi u.
“Joker”ning davomi 2024 yil sentyabrda prokatga chiqqan. Ledi Gaga bosh qahramonning sevgilisi — Xarli Kvinn rolini ijro etgan. Rotten Tomatoesda film ham tanqidchilardan, ham tomoshabinlardan 31% “yangilik” reytingi olgan. Shuningdek, film “Oltin malina” antipremiyasiga ham sazovor bo‘lib, Xoakin Feniks va Ledi Gaga juftlikni “ekrandagi eng yomon duet” deb topgan.
Ledi Gaga, Joker Filmi, Xarli Kvinn, Oltin Malina, Eng Yomon